Kaliforniyaga mega-zilzila yaqinlashmoqda

Kaliforniyaga mega-zilzila yaqinlashmoqda

AQSh Geologik xizmati mutaxassislari Kaliforniyada zilzila yuz berishi mumkinligi va u falokatga aylanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi "Planeta Novosti" portali.

OAV xabarlariga ko‘ra, oxirgi paytlari Solton-Si ko‘li atrofida 2,6-4,6 ball magnitudali silkinishlar qayd etilgan. Xususan, 10 avgust dushanba kuni datchiklar San-Andreas yorig‘i bo‘ylab o‘ndan ortiq qisqa muddatli silkinishlarni qayd etdi.

Yorig‘lar chizig‘i bo‘ylab silkinishlar so‘nggi 90 yil ichida to‘rtinchi marta qayd etilmoqda. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, keyingi 30 yil ichida ushbu geografik kengliklarda halokatli kuchga ega seysmik hodisa vujudga kelish ehtimoli 20% ni tashkil etadi. Geologik xizmat ehtimoliy ofat belgilarini kuzatishda davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!