Juda qimmat: o‘zbek qizlariga uylanish janubiy koreyaliklarga qanchaga tushyapti?

Juda qimmat: o‘zbek qizlariga uylanish janubiy koreyaliklarga qanchaga tushyapti?

Janubiy Koreyada so‘nggi o‘ttiz yil ichida qishloq aholisi kamayib ketdi. Qishloq hududlarda aholini ko‘paytirish uchun shahar hokimligi xorijdan kelin sotib olishga yordam bermoqchi. Bu haqda The Straits Times xabar berdi.

Qishloq xo‘jaligi va baliqchilik mahsulotlarini doimiy ravishda sotib oladigan 35 ta shahar hokimligi xorijlik kelinlarga uylanmoqchi bo‘lgan qishloq erkaklariga subsidiyalar ajratmoqda.

Bo‘lg‘usi kelinlar asosan janubiy-sharqiy Osiyodan sotib olinmoqda. Bu bilan qishloqdagi aholi sonini oshirish rejalashtirilgan.

Uch million vondan 10 million vongacha ($2,660 dan $8,870 gacha) bo‘lgan hukumat subsidiyalar Janubiy Koreyaning qishloq hududlarida uylanmagan erkaklar uchun chet eldan kelin sotib olishga ajratilgan.

1980 yillardan beri urabanizasiya sabab qishloqlarda odam soni kamaya boshlagan. Ko‘pchilik ayol-qizlar shaharlarga ketib, o‘sha yerda turmush qura boshlagan. Erkaklar esa konfusiychilik e’tiqodiga ko‘ra, qishloqda qolib, ota-bobolarining ishini davom ettiradi.

Masalan, Gyonggi provinsiyasida 35 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan, qishloq xo‘jaligi, baliqchilik va o‘rmonchilik sanoatida ishlaydigan, hali biror marta ham uylanmagan hamda qishloqda uch yildan ortiq vaqt yashagan erkaklarga $8,870 pul ajratilgan.

Xabarda aytilishicha, 2009 yildan beri 57 nafar erkak ushbu fond bilan ta’minlanib, oila qurgan. Eng ko‘p kelinlar Vyetnamdan, undan keyingi o‘rinlarda esa janubiy-sharqiy Osiyo turadi.

Sevgiga emas, pulga asoslanagan bunday nikoh til va inson huquqlari bilan bog‘liq ko‘plab muammolarga sabab bo‘ladi. Xorijlik kelinlar xuddi mulk sifatida qaraladi va ulardan uy bekasi hamda nasl davom ettiruvchi rolini bajarishi kutiladi , deydi Ewha tadqiqot institute direktori Jang Han Ap.

Tadqiqotlarga ko‘ra, 920 nafar migrant ayoldan 42,1 foizi ularga nisbatan tajovuz ko‘rsatilgani hamda 68 foizi istalmagan jinsiy majburiyatlar qurboniga aylanganini aytgan.

Ajratilayotgan subsidiya turmush xarajatlarini qisman qoplaydi. Jumladan, turar joy, aviaxarajatlar va brokerlik to‘lovlari. Sovchilik veb-sahifasi orqali nomzod tanlangach, koreyalik yigit ayol bilan uchrashish uchun uning mamlakatiga uchib boradi.

O‘zbekistondan qiz olish esa eng qimmat deya baholanmoqda. Bir kishi uchun 18,3 million von (16,300 dollar) ketadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!