JSST koronavirusning ikkinchi to‘lqini qachon bo‘lishini e’lon qildi

JSST koronavirusning ikkinchi to‘lqini qachon bo‘lishini e’lon qildi

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropadagi epidemiologik vaziyatning yaxshilanishini sharhlagan holda koronavirusning ikkinchi to‘lqini qachon boshlanishini e’lon qildi.

Bu haqda tashkilotning Yevropadagi mintaqaviy ofisi direktori Xans Klyuge ochiqladi.Uning ta’kidlashicha, aksariyat Yevropa mamlakatlarida vaziyat yaxshilangan, ammo hukumatlar hozircha xotirjamlikka berilishlari kerak emas.

Ikkinchi to‘lqin sentyabrda boshlanishi mumkin va mavsumiy grippning tarqalishiga to‘g‘ri keladi. Bunday holda, vaziyat bir necha mamlakatlarda COVID-19 pandemiyasi tufayli muntazam emlash to‘xtatilganligi sababli yanada kuchayadi.

Klyugening qayd etishicha, agar ikkinchi avj olish o‘z vaqtida to‘xtatilmasa, koronavirus infeksiyasining yangi o‘sishi halokatli bo‘ladi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, vaksina hali ixtiro qilinmagan, shuning uchun vaziyat "yil boshidagi kabi yaxshi emas".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!