Joriy yilning birinchi choragida 2 216 dona, umumiy qiymati 260,8 mlrd. so‘mlik texnika lizingga yetkazib berildi

Joriy yilning birinchi choragida 2 216 dona, umumiy qiymati 260,8 mlrd. so‘mlik texnika lizingga yetkazib berildi

Joriy yilning birinchi choragida 2 216 dona, umumiy qiymati 260,8 mlrd. so‘mlik texnika lizingga yetkazib berildi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Sarvinoz Mirzayeva ma’lum qildi.

“O‘zagrolizing” AJga joriy yilda lizing oluvchilarga 10 500 dona yoki o‘tgan yilga nisbatan qariyb 7 barobar ko‘p texnikalar yetkazib berish vazifasi qo‘yildi.

Joriy yilning fevral oyida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zagrolizing” AJ o‘rtasida uch tomonlama qayta kreditlash bitimi imzolandi va 30 mln. dollarlik Jahon banki kredit liniyasi ochildi.

Bugungi kun holatiga ushbu kredit liniyasi hisobidan dastlabki 282 dona yuqori unumli texnikalarni moliyalashtirishga ruxsat berilib, 210 mlrd so‘mlik mablag‘lar texnika ishlab chiqaruvchilarga to‘lab berildi.

Hozirgi kunda respublikamizda ishlab chiqarilgan va zarur sertifikatga ega bo‘lgan har qanday qishloq xo‘jaligi texnikasini 10 yil muddatgacha, lizing marjasi 19 foizdan oshmagan holda lizing asosida yetkazib beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!