Jizzaxda to‘rt kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Jizzaxda to‘rt kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, 2018 yil 4 dekabr kuni soat 10:30larda G‘allaorol tumani «Moltob» QFYda istiqomat qilgan 2 nafar xamda «Mirzabuloq» QFYda istiqomat qilgan 2 nafar fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etgan.

FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ular qo‘lbola usulda tayyorlangan isitish pechidan gazdan xavfsiz foydalanish qoidalarini buzgan xolda foydalanishgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yana sakkiz kishi is gazidan zaharlangani xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!