Janubiy Koreya AQShning Eron neftiga nisbatan qo‘yilgan sanksiyasidan ozod etiladi

A A A
Janubiy Koreya AQShning Eron neftiga nisbatan qo‘yilgan sanksiyasidan ozod etiladi

Janubiy Koreya hukumati vakilining so‘ziga ko‘ra, AQSh tomonidan Eron neftini sotib olishga qo‘yilgan cheklovlardan Janubiy Koreya vaqtinchalik ozod qilingan. 
Janubiy Koreya Eron neftini sotib oladigan eng katta Osiyo davlatlaridan biri hisoblanadi. Sanksiyalar Koreya respublikasi iqtisodiyotiga jiddiy tasir qilish mumkin. Agar Koreya Erondan neft sotib olishni to‘xtatsa mamlakatdagi yirik kompaniyalar ish faoliyati butunlay yakunlanishi mumkin. Shu sababli Janubiy Koreya hukumati “moslashib olish” uchun ma’lum vaqt berishlarini so‘ragan. 
Bunga javoban Qo‘shma Shtatlar ba’zi mamlakatlarga vaqtinchalik Eron neftini sotib olishlariga ruxsat bergan. Sanksiyalar toki Eron yadroviy qurollardan foydalanish va mintaqadagi xavfli harakatlaridan voz kechmaguncha davom etadi. 

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!