Jamshid Kenjayevning rafiqasi: “U mehribon ota, vafodor er edi”

Jamshid Kenjayevning rafiqasi: “U mehribon ota, vafodor er edi”

Jamshid Kenjayevning rafiqasi Nasiba (Olesya) turmush o‘rtog‘i, u bilan o‘tkazgan hayoti, uning fazilatlari haqida gapirib berdi. Video YouTube’ga joylangan.

Nasiba Jamshid bilan umumiy tanishlarining tug‘ilgan kunida birinchi marta uchrashgan va do‘stlashib qolgan.

Ularning farzandi — Oysha hozir 6 oylik.

Nasibaning aytishicha, u ota-onasisiz, yetim o‘sgan. Jamshid esa uning yetim boshini silab, hech qachon xafa qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 9 avgustga o‘tar kechasi Yunusoboddagi Aurum 898 tungi klubida erkin kurashchi Jamshid Kenjayev va klub qo‘riqchilari o‘rtasida janjal yuz bergan. Oqibatda Jamshid Kenjayev olgan jarohatlari sabab kasalxonada vafot etgan.

Manba: 7news.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!