Jahongir Zokirov Agron Smakiga imkon qoldirmadi

Jahongir Zokirov Agron Smakiga imkon qoldirmadi

Toshkentda davom etayotgan "IBA Chempionlar oqshomi" turnirining yana bir jangi ortda qoldi.

Bu safar super og‘ir vaznli bokschilar ringda o‘zaro to‘qnash keldi.

Hamyurtimiz Jahongir Zokirovning xorvatiyalik Agron Smakiga qarshi kechgan jangi to‘liq 6 raund davom etdi.

Jangda Zokirov hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, aslida, mazkur janda Smakiga boshqa bir hamyurtimiz Bahodir Jalolov raqiblik qilishi zarur edi, ammo so‘nggi kunlarda Smaki bilan Bahodir emas, Jahongir Zokirov jang qilishi ma’lum bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!