Jahon banki O‘zbekistonga 500 mln dollarlik qarz ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonga 500 mln dollarlik qarz ajratdi

Jahon banki (JB) Siyosiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash operasiyalari doirasida O‘zbekistonga iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln dollar miqdorida qarz ajratilishini tasdiqladi, deya xabar berdi JB matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Siyosiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash operasiyalari loyihasi bozor iqtisodiyoti va xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirish hamda aholini jadallik bilan o‘zgarayotgan iqtisodiyotga ijtimoiy moslashtirishda hukumatlarga ko‘maklashadi.

JBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xideki Morining so‘zlariga ko‘ra, ushbu qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash islohotlar yo‘nalishi normativ-huquqiy o‘zgarishlardan yanada murakkabroq bo‘lgan mamlakat iqtisodiy tizimlaridagi institusional qayta o‘zgarishlar tomoniga o‘tayotgan murakkab vaziyatda juda ham muhim.

2018 yil iyulida bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov JB va Osiyo taraqqiyot banki qisqa istiqbolda byudjet taqchilligining o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun byudjeni qo‘llab-quvvatlashga 800 mln dollar ajratganini ma’lum qilgan edi. Jumladan, JB 500 mln dollar, OTB esa 300 mln dollar ajratdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!