Izsiz g‘oyib bo‘lgan 27 nafar chechenistonlik. Rossiyadagi sud jinoiy ish ochishdan bosh tortdi

Izsiz g‘oyib bo‘lgan 27 nafar chechenistonlik. Rossiyadagi sud jinoiy ish ochishdan bosh tortdi

Essentukidagi sud Rossiya Tergov qo‘mitasining «Novaya gazeta» tomonidan yozilgan, Chechenistonda yashovchi 27 nafar shaxsning izsiz g‘oyib bo‘lishi sababli jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qarorini qonuniy, deb topdi.

"Kun" nashrining yozishicha, «Tergovchining xatti-harakatlari sud tomonidan qonuniy va asosli, deb topildi», - deya sud matbuot xizmati bayonotini keltirgan «Interfaks» 14 dekabr kuni.

«Kavkazskiy uzel»ning yozishicha, Tergov qo‘mitasi harakatlariga shikoyatni «Novaya gazeta» bergan.

2017 yilning iyulida «Novaya gazeta» yanvar oyida Grozniyda 27 kishi o‘ldirilgani haqida xabar berdi. Qayd etilishicha, ular 2016 yil dekabrida polisiyachilarga hujumdan so‘ng amalga oshirilgan reydlar davomida qo‘lga olingan. Checheniston rasmiylari bu xabarni yolg‘on, deya atashdi. Keyinchalik ommaviy axborot vositalari ularning qarindoshlariga bosim o‘tkazilayotgani haqida yozdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!