Ivanka Trampning navbatdagi surati internetni egallab oldi (foto)

Ivanka Trampning navbatdagi surati internetni egallab oldi (foto)

10 yanvar kuni Ivanka Trampning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner o‘zining tug‘ilgan kunini nishonladi. Ma’lum bo‘lishicha, u bu yil 38 yoshga kirgan.

Ivanka o‘z Instagram sahifasida turmush o‘rtog‘ining tug‘ilgan kuni munosabati bilan yangi suratini e’lon qildi. Unda u turmush o‘rtog‘i bilan birga namoyon bo‘ldi.

Ma’lumki, Donald Trampning qizi oilaviy fotosuratlarni sahifasiga juda kam joylaydi. Shu boisdan ham uning bu galgi surati ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga qaratdi va iliq fikrlarni jamladi.

Ko‘pchilik ularga cheksiz baxt tilab, ushbu surat ostiga samimiy izohlar yozib qoldirishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!