Italiyada “Roma” va “Udineze” o‘yini himoyachi hushini yo‘qotgani sababli to‘xtatildi

Italiyada “Roma” va “Udineze” o‘yini himoyachi hushini yo‘qotgani sababli to‘xtatildi

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 32-turida “Roma” va “Udineze” 14 aprel, yakshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuv 1:1 hisobida davom etayotgan edi. Biroq o‘yin oxiriga yetmasdan tugatildi. Bunga sabab esa rimliklar himoyachisi Evan Ndika maydonda hushini yo‘qotgani bo‘ldi.

Futbolchiga tibbiy xizmat xodimlari o‘z yordamlarini ko‘rsatdi. Shundan so‘ng Ndika zambilga yotqizilib, maydondan olib chiqib ketildi.

Uchrashuv esa ikki jamoa kelishuviga ko‘ra qoldirildi. Qolgan daqiqalar boshqa kuni o‘ynab qo‘yiladigan bo‘ldi.

Ndikaning ahvoli borasida esa hozircha yangilik yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!