Italiya biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli 15 milliard yevro yo‘qotdi

Italiya biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli 15 milliard yevro yo‘qotdi

Reuters hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyani tark etgan G‘arb kompaniyalarining yo‘qotilgan daromadi 107 milliard dollardan oshgan. Gap shundaki, Moskva majburiy chegirmani joriy qildi - "nodo‘st" mamlakatlardan korxonalarni sotish narxining 50 foizi, shuningdek, 15 foizlik chiqish solig‘i. Ayniqsa, BP, Shell, HSBC, Danone kompaniyalari milliardlab pullarini yo‘qolgan.

Rossiyadagi Italiya tadbirkorlari assosiasiyasi prezidenti Vittorio Torrembini sanksiyalar tufayli Italiya taxminan 10-15 milliard yevro yo‘qotganini aytdi. Italiya eksporti 36 foizga, Rossiya importi esa 70-80 foizga kamaydi.

“Bu jiddiy zarba, bundan tashqari... ish joylarining sezilarli darajada qisqarishi, ammo eng yomoni, Italiya biznesi Rossiya bozorini yo‘qotmoqda", dedi u.

Hozir Rossiyada atigi 150 ga yaqin italyan kompaniyasi qolgan, ularni Torrembini butunlay "ruslashtirilgan" deb ataydi. U Italiya Rossiya iqtisodiyotiga 500 milliard yevroga yaqin sarmoya kiritganini eslaydi, “shuning uchun biz o‘zimizni haqli ravishda mamlakat iqtisodiy hamjamiyatining to‘laqonli a’zosi deb hisoblaymiz”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!