Istanbulda ISHIDning yangi rahbari qo‘lga olindi

Istanbulda ISHIDning yangi rahbari qo‘lga olindi

Istanbul polisiyasi o‘tkazgan maxfiy xalqaro operasiya davomida ISHIDning yangi rahbari Abu Hasan al Qurayshiy qo‘lga olindi. Bu haqda Oda TV portali xabar berdi.

Ma’lumot berilishicha, o‘tgan haftada Turkiya polisiyasi ISHIDning yangi yetakchisi Istanbulda ekanligidan xabar topgan va bir necha kun davomida uning yashash joyini kuzatgan.

Abu Hasan al Qurayshiyni qo‘lga olish bo‘yicha xalqaro operasiyani Istanbul razvedka va terrorizmga qarshi kurash bo‘limi guruhlari o‘tkazgan. Operasiyaga Istanbul polisiyasi boshlig‘i Zafar Oqtosh rahbarlik qilgan.

ISHID rahbari qo‘lga olinganidan so‘ng aksilterror xizmati va milliy razvedka tashkiloti ekspertlaridan iborat guruh tomonidan so‘roq qilingan.

ISHIDning avvalgi rahbari Abu Ibrohim al Qurayshiy 2022 yil 3 fevralda o‘ldirilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!