Istanbulda firibgarlik va odam savdosi jinoyatlarini sodir etgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Istanbulda firibgarlik va odam savdosi jinoyatlarini sodir etgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi



Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida joriy yilning 6 may kuni Istanbul shahrida qo‘lga olingan, firibgarlik va odam savdosi jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan, 1979 y.t. RAXIMOV OZOD SADULLOYEVICh bugun Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasiga deportasiya qilindi.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so‘raladi. Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi. Shu bilan birga, keyingi vaqtlarda AQSH, Kanada yoki Yevropa davlatlarga borish uchun viza rasmiylashtirib berish vaji bilan firibgarlik sodir etilishi holatlari yuzasidan Bosh konsulxonamizga kelayotgan murojaatlar soni ortganligini inobatga olib, fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolishdan OGOH BO‘LISHLARI SO‘RALADI.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!