Isroil Madrimov O‘zbekistondagi eng yaxshi uch futbolchini aytdi

Isroil Madrimov O‘zbekistondagi eng yaxshi uch futbolchini aytdi

Boks bo‘yicha super yarim o‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Isroil Madrimov Kun.uz bilan suhbatda futbolga qiziqishini aytdi.

— Hobbiyingiz nima?

Sportchilar odatda oilasidan uzoqda bo‘ladi, shu sabab boksdan tashqarida ko‘proq oilam bilan vaqt o‘tkazishni istayman. Yoki do‘stlar bilan futbol o‘ynaymiz.

— Bokschi bo‘lmaganingizda qaysi kasbni tanlardingiz?

— Bu savolga javob berish qiyin, chunki yoshlikdan sportga qiziqish bo‘lgan, shu sabab boshqa kasb haqida o‘ylab ko‘rmaganman.

Boksdan tashqari futbol o‘ynashni yaxshi ko‘raman. O‘zi umuman, futbolni ko‘pchilik yaxshi ko‘radi butun dunyoda, shu jumladan, biz ham.

— Faoliyatini davom ettirayotgan dunyoning va O‘zbekistonning eng yaxshi 3 futbolchisi kim?

— Ronaldu, Messi va Holand.

O‘zbekistondan Masharipov, Shomurodov va Fayzullayev, deydi Madrimov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!