Isroil bosqinchilari bir kunda 54 kishini o‘ldirdi

Isroil bosqinchilari bir kunda 54 kishini o‘ldirdi

Bombalanayotgan G‘azo: 246-kunning asosiy voqealari.

Bosqinchilar Burij lageri, Rafah va Shayx Radvan hududiga hujum qildi. Bir kunda 54 kishi halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan beri jami 36 731 kishi shahid bo‘ldi.

▪️G‘arbiy Sohilda bosqinchilar Xalil, Nablus, Jenin, Tulkarm va Erixonga bostirib kirishdi. Bir falastinlik halok bo‘ldi, 9 nafari yaralandi.

▪️G‘azo qarshilik jangchilari: Biz Nitsapim o‘qida bosqinchilarning pozisiyasiga zarba berdik.

▪️Husiylar Qizil dengizda ikkita Elbella va AAL GENOA kemalariga hujum qilishdi. Husiylarning hujumlari tufayli Osiyodan Buyuk Britaniyaga bitta konteynerni tashish narxi 2500 dollardan 7500 dollargacha oshdi.

▪️Xalqaro Amnistiya: Isroilni sharmandalar ro‘yxatiga kiritish to‘liq oqlangan qadamdir.

▪️G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi: G‘azoning 3000 dan ortiq bolasi bosqinchilarning hujumlari natijasida oyoq-qo‘llaridan ayrildi.

▪️Ommaviy ishg‘ol: Armiya zaxirasi WhatsApp orqali G‘azodagi urush uchun ko‘ngillilarni qidirishni boshladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!