Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyevni haqorat qilgan bloger qamaldi

Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyevni haqorat qilgan bloger qamaldi

3 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati Xazorasp tumani sudi tomonidan blogger Sobirjon Boboniyozov 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U jazoni manzil koloniyada o‘taydi.

Xazorasp tumanining Bo‘ston qishlog‘ida yashovchi blogger O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Karimov hamda amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyevni haqorat qilishda ayblangan.

Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, 31 yashar blogger Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Bloggerlar birlashmasi” nomli guruhga a’zo bo‘lib, mazkur guruhda O‘zbekiston Respublikasining sobiq prezidenti Islom Karimov hamda amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyevni haqoratlovchi va faoliyatini obro‘sizlantiruvchi mazmunda to‘g‘ridan to‘g‘ri video materiallar e’lon qilgan.

O‘tgan yilning 21 aprelidagi sud-lingivistik ekspertiza xulosalariga ko‘ra, mazkur materiallar O‘zbekiston Respublikasi JKning 158-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga suiqasd qilish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikni ifodalaydi.

Ayblov xulosasiga ko‘ra, blogger mazkur jinoyatlarni og‘irlashtiruvchi, ya’ni mast holatda takroran sodir etgan.

O‘zbekiston Respublikasi JKning 158-moddasi 3-qismiga shu yil bahorida kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shuningdek, matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda uni haqoratlash yoki unga tuhmat qilish olti oygacha qamoq yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘zbekiston Respublikasi jinoiy quonuchiligidagi mazkur jinoyatni sodir etganlikda ayblangan jizzaxlik blogger Valijon Kalonov keyinchalik sud tibbiyot ekspertizasi tomonidan aqliy nosog‘lom deb topilgan. Samarqand shahridagi 1-sonli psixatriya shifoxonasiga majburiy davolash uchun yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!