Islam Maxachev uchun eng qiyin raqib aytildi

Islam Maxachev uchun eng qiyin raqib aytildi

Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Daniel Kormye jamoadoshi Islam Maxachevni qiynab qo‘ya oladigan raqib kimligini aytdi.

Uning fikricha, ayni paytda yengil vazn toifasi reytingida to‘rtinchi o‘rinni egallab turgan Arman Sarukyan amaldagi chempion uchun diviziondagi eng qiyini va murakkab raqib ekan.

"Islamning Sarukyanga qarshi jangi tashkilotchilar uchun katta daromad keltiradi. Lekin boshqa tomondan, bu jang Maxachev uchun mutlaqo murakkab va qiyin bo‘lishi aniq. Sarukyanning jang olib borish uslubi Islamni qiynab qo‘yadi. Ishonchim komil, Arman Sarukyan Islam Maxachev uchun eng qiyin raqib bo‘ladi", - dedi Kormye.

Eslatib o‘tamiz, Arman Sarukyan kelayotgan yakshanba tongida Las-Vegasda o‘tadigan UFC 300 turnirida divizionning sobiq chempioni, reytingda birinchi o‘rinni egallab turgan braziliyalik Charlz Oliveyraga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Ushbu jang g‘olibi Islamning kamari uchun rasmiy da’vogarga aylanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!