Angrenda aholi punktida mashina tezligini oshirgan ayol haydovchi jarimaga tortildi

Angrenda aholi punktida mashina tezligini oshirgan ayol haydovchi jarimaga tortildi

Instagramʼdagi sahifasiga ism-sharifi Madina Shamsutdinova deb yozilgan ayol Equinox mashinasini Angren shahri Gurum mahallasi ko‘chalarida soatiga 156 km tezlikda boshqargani va holatni videoga olib Instagramʼdagi sahifasiga joylagan

Oradan ko‘p o‘tmay ayo o‘z sahifasidan Equinox mashinasida tez yurgani va telefondan foydalangani tasvirlangan videolarni o‘chirib tashladi.

Toshkent viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, Equinox mashinasi va uni juda katta tezlikda boshqargan ayol topilgan. Unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

YHXB o‘z Telegram-kanalida e’lon qilgan videoda ayol mashinani aholi punktlarida soatiga 157 km tezlikda boshqarish mumkin emasligini bilmasligini ta’kidlagan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!