Irlandiya hukumati bugun Falastin davlatini tan olishini e’lon qiladi — Reuters

Irlandiya hukumati bugun Falastin davlatini tan olishini e’lon qiladi — Reuters

Politico nashrining yozishicha, tegishli bayonot bugun mahalliy vaqt bilan soat 8:00da e’lon qilinishi kutilmoqda. Shuningdek, bugun Norvegiya hukumati tomonidan ham xuddi shunday qaror qabul qilinishi mumkinligi xabar qilinmoqda.

"Dublin Falastin davlatini tan olish qarorini e’lon qilishni Yevropaning boshqa davlatlari muvofiqlashtirgan. Irlandiya Ispaniya, Sloveniya, Belgiya, Norvegiya va Malta hukumatlari bilan Falastin davlatchiligini tan olish masalasini muhokama qilgan", — deya ma’lum qildi Politico manbasi.

Falastin mustaqilligini BMTga a’zo 130 dan ortiq davlatlar, jumladan, Rossiya, Xitoy va Lotin Amerikasi davlatlari tan olgan. AQSh va Yevropa Ittifoqining aksariyat davlatlari buni tan olmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!