«Bavariya» Yamalning iqtidorini ancha avval payqagan

«Bavariya» Yamalning iqtidorini ancha avval payqagan

«Bavariya» ikki yil avval Lamin Yamalga qiziqqan edi.

"Sky Sports" xabariga ko‘ra, Myunxen klubi «Barselona» vingeriga 14 yoshida e’tibor qaratgan. «Bavariya»ning sobiq yetakchilari Hasan Salihamidjich va Marko Neppe uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi. Ular Laminning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini Jamol Musiala kabi baholagan.

2022 yilda nemis klubi sobiq direktori Neppe Yamalning o‘sha paytdagi agenti Ivan de la Pena bilan uchrashdi. Biroq transfer amalga oshirilmadi, chunki futbolchi «Barselona»ni tark etish uchun hech qanday sabab ko‘rmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!