Andijon shahrida fuqaro foydasiga 1,3 milliard so‘m undirib berildi

Andijon shahrida fuqaro foydasiga 1,3 milliard so‘m undirib berildi

Hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, Andijon viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasining 01.04.2024 yildagi ajrimiga ko‘ra fuqaro Z.N.ga oid ish bo‘yicha oqlov hukmi e’lon qilgan.

Shunga ko‘ra, Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan ijro hujjatiga asosan qarzdor “Uz Dong Yang Kompani” QKdan undiruvchi Z.N.foydasiga 1 milliard 364 million so‘m undirish belgilangan.

Ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari taraflarga yuborilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor korxonadan fuqaro Z.N. foydasiga 1 milliard 364 million so‘m to‘liq undirilib, undiruvchiga topshirilishi ta’minlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!