Nacho Saudiyada eng ko‘p maosh oladigan futbolchilardan biriga aylanishi kutilmoqda
Nacho Fernandes uchun kurashga Saudiyaning yana bir klubi qo‘shildi.
Oldinroq "Real" himoyachisi "Al-Ittihod"ga o‘tishga yaqin turgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, Relevo xabariga ko‘ra, futbolchi haligacha rasmiy shartnoma taklifini olmagan - Jidda klubi PIF davlat investisiya fondiga tegishli va u yangi mavsumda qanday byudjetga ega bo‘lishini hali bilmaydi.
Yuqori divizionga qaytgan “Al-Qodisiya” bu transferga xalaqit berishi mumkin. Klub Saudiya Arabistonining eng yirik neft kompaniyasi Aramco'ga tegishli va u jamoaning mamlakatdagi eng yaxshilaridan biriga aylanishini istaydi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)