Kazemiroga 30-35 million maosh taklif qilishmoqda

Kazemiroga 30-35 million maosh taklif qilishmoqda

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro Saudiya Arabistonining badavlat klublari "Al-Hilol" va "An-Nasr"ning radarida qolmoqda. Agar jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko‘ra, saudiyaliklar 32 yoshli braziliyalik uchun 30 dan 35 million yevrogacha to‘lashga tayyor va bunda bonus to‘lovlari hisobga olinmaydi.

Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, Kazemironing o‘zi hali Saudiya variantini ko‘rib chiqishga shoshilmoqchi emas. Ko‘rinishidan, tajribali yarim himoyachi Saudiya Arabistoniga o‘tish futbolchilik faoliyati uchun eng yaxshi variant bo‘lishiga ishonchi komil emas.

Kazemironing "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!