Inson huquqlari bo‘yicha Kengashda Xitoydagi vaziyat muhokama qilindi

Inson huquqlari bo‘yicha Kengashda Xitoydagi vaziyat muhokama qilindi

2018 yilning 6 noyabr kuni Jenevada Xitoydagi inson huquqlari bilan bog‘liq ahvolini muhokama qilish davomida bir qator G‘arb davlatlari Pekinni din va e’tiqod erkinligini, shu jumladan Tibet va Shinjonda qat’iy ta’minlashga chaqirdi. Germaniya, Fransiya, AQSh va Kanada diplomatlari Xitoy hukumatini majburiy mehnat lagerlarini yopishga chaqirdilar. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu lagerlarda yuz minglab uyg‘ur va boshqa musulmonlar yo‘q qilinmoqda. Xitoy vakilining ta’kidlashicha, uning mamlakati barcha 55 ta etnik guruhlarning huquqlarini himoya qilib keladi. Bular xaqida BMT yangiliklari ma’lumot bermoqda.


Shu kuni Xitoy BMT Ishchi guruhining 31-sessiyasida hisobot berdi. Ishchi guruhdan, dunyoning barcha mamlakatlarida inson huquqlariga oid vaziyatni umumdavlat davriy tekshiruvdan o‘tkazish talab qilingan. 5 dan 16 noyabrga qadar Xitoydan tashqari, Saudiya Arabistoni, Senegal, Nigeriya, Meksika, Mavrikiy, Iordaniya, Malayziya, Markaziy Afrika Respublikasi, Monako, Beliz, Chad, Kongo va Malta kabi mamlakatlarda ham ushbu amaliyotlar o‘tkazilmoqda.

Xitoy Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Le Yuychen inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi yangi qonunlar, jumladan fuqarolik qonunchiligi va oiladagi zo‘ravonlikni bartaraf etish masalalari haqida so‘zlab berdi. Le Yuychen mamlakatning iqtisodiy rivojlanish sohasida erishgan yutuqlarini va yuz millionlab xitoyliklarni qashshoqlikdan qutilishga imkon yaratilingani xaqida eslatib o‘tdi. "Inson taraqqiyoti sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi.

Xitoyda amalga oshirilgan islohotlar iqtisodiy o‘zgarishlarga olib keldi, bu 1,4 milliard kishining kambag‘allikdan qutilishiga va nisbatan farovonlikda yashashiga imkon berdi ... ", dedi Xitoylik diplomat. U internet tarmog‘iga aholining ulanish imkoniyatlarini kengayganligi haqida so‘zlab berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat so‘z erkinligini, shu jumladan, Internetda ham cheklamaydi. "Xitoyda dunyodagi eng ko‘p internet-foydalanuvchilar mavjud", - dedi vazir o‘rinbosari.

Ishchi guruh majlisida Xitoyning hisobotiga yuzasidan, 150 dan ortiq davlat vakillari so‘zga chiqdilar. Ularning har biriga 45 soniya ajratildi. Ko‘plab delegasiyalar Pekinning inson huquqlari sohasida erishgan yutuqlarini mamnuniyat bilan kutib olishgan bo‘lishsa, boshqalari mamlakatdagi o‘lim jazosi qo‘llanishini, so‘z erkinligi cheklovlari, etnik va diniy ozchiliklar va huquq himoyachilarga nisbatan ta’qib etilishini qattiq tanqid qildilar.

Rossiya Federasiyasining vakili Aleksey Goltyayev, Xitoy inson huquqlarini himoya qilish uchun qonunchilik bazasini mustahkamlayotganini ta’kidlab o‘tdi va Pekinning xalqaro majburiyatlariga muvofiq ravishda uni takomillashtirishni davom ettirishni tavsiya qildi. U nodavlat tashkilotlar, shu jumladan mamlakatdagi xorijiy nodavlat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish bo‘yicha islohotlarni ma’qulladi. Aleksey Goltyayev Xitoy hukumatining "milliy ozchiliklarning huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish, ularning hukumatda ishtirokini kengaytirish" borasidagi ishlarini qayd etib o‘tdi. Biroq, bir necha boshqa mamlakatlar diplomatlari ushbu masala yuzasidan qarama-qarshi fikr bildirdilar.

"Biz Xitoy hukumati uyg‘urlarni, qozoqlarni va musulmon ozchiliklarning boshqa a’zolarini, ayniqsa Shinjon Uyg‘ur avtonom rayonida, tobora ko‘proq zulm o‘tkazayotganidan xavotirdamiz", dedi AQSh vakili Mark Kassayre. U Xitoy hukumatining Shinjondagi internirlash lagerlarida barcha turdagi majburiy qamoqlarni taqiqlashini va shu lagerlarda bo‘lgan "yuz minglar, balki millionlab insonlar" ni darhol ozod etishni tavsiya qildi.

AQSh diplomati Pekinni huquq himoyachilarini va ularning oila a’zolarini ta’qib qilishni va eksterritorial o‘g‘irlab ketishlarni bas qilishni, uy qamog‘iga olish va sayohat uchun cheklovlarga barham berish uchun chaqirdi. Shuningdek, u Pekindagi hukumatlar diniy rahbarlarni, jumladan, Tibet Buddistlik yetakchilarini tarbiyasiga aralashmaslikni taklif qildi. Qo‘shma Shtatlar, Vashington avvalroq Inson huquqlari bo‘yicha Kengashdan chiqib ketganini e’lon qilganiga qaramay, muhokamada ishtirok etish istagini bildirdi.

Avstraliya, Germaniya, Kanada, Fransiya vakillari va qator boshqa mamlakatlar vakillari Xitoyga ishchi lagerlarini yopish va qamoqxonalarda musulmonlarni ommaviy qamoqqa tashlashni to‘xtatishga chaqirdi. Fransiyalik diplomat Fransua Rivasso din va e’tiqod erkinligini kafolatlashni tavsiya qildi. U jinsiy ozchilikka qarshi kamsitish va zo‘ravonliklarga chek qo‘yishga chaqirdi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Le Yuychen, Xitoy milliy ozchiliklar, shu jumladan etnik huquqlar buzilishiga yo‘l qo‘yilmayotganligi xaqida ishontirishga xarakat qildi. "Biz etnik ozchiliklarning huquqlarini qonunlarimizga muvofiq himoya qilishni ta’minlaymiz. Barcha 55 ta etnik ozchilik va guruhlardan Xalq milliy kongressida va Xitoyning Xalq siyosiy maslahat kengashida vakillari mavjud», - deya ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, umumjahon tamoyillari Mexanizmining inson huquqlarini himoya qilish sohasida yangi bo‘limi ochilgan edi. Uni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2006 yil 15 martda qabul qilingan.
Ayni paytda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi umumjahon davriy tekshiruvning uchinchi davrasini o‘tkazmoqda. Alohida ravishda yaratilgan maxsus Ishchi Guruh inson huquqlariga davlatlar qanday rioya qilishini o‘rganib chiqadi, inson huquqlari sohasidagi yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklarini tahlil qiladi va bu borada tavsiyalar beradi.

Har bir mamlakat uchun uch nafar maxsus ma’ruzachilar tayinlanadi. Ularning barchasi Kengash a’zolari bo‘lgan davlatlarning vakillari. Xitoy bo‘yicha ma’ruzachilar Keniya, Saudiya Arabistoni va Vengriya vakillaridan tayinlandi. Kengashga a’zoligidan qat’iy nazar, barcha davlatlar muhokamada ishtirok etishi mumkin.

Manba: ufq. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!