Ilkay Gyundogan jarohati haqida ma’lum qildi

Ilkay Gyundogan jarohati haqida ma’lum qildi

Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi va sardori Ilkay Gyundogan Yevro—2024 ning ochilish o‘yinida Shotlandiyaga qarshi o‘yindan (5:1) keyin o‘zini qanday his qilgani, ikkinchi bo‘lim oxirida Shotlandiya terma jamoasi himoyachisi Rayan Porteous futbolchining oyog‘iga kuchli zarba bergani bilan o‘rtoqlashdi.

Ma’lumot uchun, birinchi taym so‘nggidagi qo‘pol harakatidan so‘ng, Shotlandiya terma jamoasi futbolchisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi.
“To‘pig‘im bilan hammasi yaxshi, jiddiy narsa yo‘q”, — deya Gyundogan so‘zlarini keltiradi Sport.es.

Germaniya terma jamoasi yirik hisobdagi g‘alabadan so‘ng uch ochko jamg‘arib, “A” guruhida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ushbu to‘rtlikdan joy olgan Vengriya va Shveysariya terma jamoalari bugun, 15 iyun kuni o‘z uchrashuvini o‘tkazadi.

Germaniya va Shotlandiya terma jamoalari oxirgi marta 2016 yilgi Yevropa chempionati saralash turnirida to‘qnash kelishgan. Germaniya terma jamoasi 1-tur uchrashuvida Shotlandiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. 8-tur doirasidagi o‘yinda Germaniya terma jamoasi Shotlandiyani qabul qilib, 3:2 hisobida zafar quchdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!