Ilk ayol avtobus xaydovchisi ish boshladi

Ilk ayol avtobus xaydovchisi ish boshladi

Xabaringiz bor, transport sohasida gender tenglikni ta’minlash maqsadida, ayollarga ham katta sig‘imli avtobuslarni (elektrobus) boshqarishga ruxsat etildi.

Avtobusni boshqarish istagini bildirgan ayol nomzodlardan biri - Saodat Shermatovani endilikda 51-sonli avtobus yo‘nalishi boshqaruvida uchratishingiz mumkin. Ushbu ayol haydovchimizga hozirda amaliyot darslari belgilangan bo‘lib, malakali ustoz haydovchi tomonidan avtobusni boshqarish va yo‘nalish harakatini o‘rganish bo‘yicha batafsil tushunchalar berilmoqda.

“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!