Husayn Al Musallam Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlikni yuqori baholadi

Husayn Al Musallam Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlikni yuqori baholadi

Bugun Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Bosh direktori, Butunjahon suv sporti turlari federasiyasi (World aquatics) prezidenti Husayn Al Musallam hamda Osiyo velosport konfederasiyasi prezidenti Osama Al Shafar poytaxtimizga tashrif buyurishdi. Martabali mehmonlar bilan Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlariga olib borilayotgan hozirlik mavzusi muhokama qilindi.

Rasmiylarni Sport vaziri Adham Ikramov qarshi oldi. Vazirlik binosida o‘tgan uchrashuvda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Qo‘mita raisi o‘rinbosari Azizjon Kamilov ham ishtirok etishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!