Hindistonda eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchi qo‘lga tushdi

Hindistonda eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchi qo‘lga tushdi

Payshanba kuni Hindiston polisiyasi mamlakatning eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchisi, o‘tgan hafta sakkizta polisiya xodimini o‘ldirishda ayblanayotgan Vikas Dubeyni hibsga oldi.

“NDTV” kanalining xabar berishicha, “gangster” Madxya-Pradeshning Ujayn shahrida qo‘lga olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahalliy savdogar jinoyatchini ibodatxonaga kiraverishda ko‘rgan va polisiyaga xabar bergan.

Avvalroq, rasmiylar Dubeyni eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchi deb atashgan va uning qayerdaligi to‘g‘risida ma’lumot uchun 500 ming rupiy (6.6 ming dollardan ortiq) miqdorida mukofot puli va’da qilishgan edi.

O‘tgan juma kuni shimoliy Uttar-Pradesh shtatida jinoyatchilar to‘dasi bilan bo‘lgan otishmada sakkiz nafar polisiyachi halok bo‘lgan, 12 kishi jarohatlangan. Jinoyatchilar to‘dalar yetakchisi Dubeyni hibsga olish uchun Kanpur tumanidagi qishloqlardan biriga kelgan 40 nafar polisiyachiga qarata o‘q uzishgan.

Qotillik, tovlamachilik va odam o‘g‘irlashda ayblanayotgan Dubeyga nisbatan 60 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!