Hamyurtimiz Rayyona nemis tili bo‘yicha Butunjahon olimpiadasida g‘olib bo‘ldi

Hamyurtimiz Rayyona nemis tili bo‘yicha Butunjahon olimpiadasida g‘olib bo‘ldi

Germaniyaning Gyottingen shahrida nemis tili bo‘yicha Butunjahon olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur olimpiadada 62 davlatdan o‘quvchilar ishtirok etdi.

Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, unda o‘zbekistonlik Rayyona Ibrohimova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Rayyona Ibrohimova birinchi o‘rinni bangladeshlik Mahek Xon va Shimoliy makedoniyalik Ana Kotevska bilan bo‘lishdi.

Yosh o‘quvchilar orasida nemis tili bo‘yicha bilim va ijodkorlikni baholovchi tanlovda kumush va bronza Meksika, Italiya, Slovakiya, Polsha va Buyuk Britaniya vakillariga nasib etdi. Rayyona hozirda 16 yoshda bo‘lib, kelajakda Germaniyada nemisshunoslik yo‘nalishida tahsil olib, tarjimon bo‘lishni maqsad qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!