Habib Nurmagomedov Konor bilan uchrashib qolsa...

Habib Nurmagomedov Konor bilan uchrashib qolsa...

Engil vazn toifasida sobiq chempion Habib Nurmagomedov o‘zining azaliy raqibi Konor Makgregor bilan yana uchrashib qolsa, nima bo‘lishini aytdi.

"Bu dunyoda juda ko‘p yoqimsiz holatlar bo‘ladi. Shunday insonlar borki, ulardan yomon energiya olishni xohlamaysiz. Agarda nimadir sodir bo‘lsa, bu taqdirdan bo‘ladi.

Men Konorni ko‘rib qolsam "unday qilaman", "bunday qilaman" deya olmayman. Hammasi sharoitga bog‘liq. Yonimizda kameralar yoki qo‘riqchilar bo‘lishi mumkin.

Pul siz aslida kimligingizni ko‘rsatadi. Shunday yanglish tushuncha bor: "Pul insonni o‘zgartiradi" deymiz. Yo‘q, pul aslida siz kimligingizni ko‘rsatib beradi xolos.

Konor nima qildi? U qari erkakni urdi. Tvitterda ko‘pchilik uni qo‘llayotganini ko‘rdim. Nega odamlar uni qo‘llab-quvvatlashyapti? To‘g‘ri, u janglarni qizdiradi. Mayli, shunday qilaversin. Lekin, oilaga, ota-onaga va dinga til tekkizmasligi kerak", - dedi Xabib Nurmagomedov ESPN MMA kanaliga bergan intervyusida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!