Gruziya Yevropa Ittifoqiga to‘laqonli a’zo bo‘lmoqchi

Gruziya Yevropa Ittifoqiga to‘laqonli a’zo bo‘lmoqchi

Gruziya 2024 yilda Yevropa Ittifoqining to‘laqonli a’zosi bo‘lish uchun murojaat qiladi. «Gruziya Onlayn» nashrining xabar berishicha, bu haqda mamlakat bosh vaziri Iraliy Garibashvili aytgan.

“Biz bugun Yevropa Ittifoqi va Shengen hududi mamlakatlari bilan vizasiz rejim o‘rnatilganining to‘rt yilligini nishonlayapmiz. 2017 yil martidagi tarixiy qaror bilan Yevropa Ittifoqi va Yevropa mamlakatlari Gruziyani ishonchli va munosib hamkor deya e’tirof etishi. Bu demokratiyani mustahkamlash va mamlakatni rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarimiz, biz tomonimizdan amalga oshirilgan islohotlarga berilgan yuksak bahodir”, – dedi bosh vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Gruziya Yevropa Ittifoqining to‘laqonli a’zosi bo‘lish uchun 2024 yilda ariza berishga tayyorlanmoqda va buning uchun barcha zaruriy ishlar amalga oshirilmoqda.

Evroparlamentga ko‘ra, boshqa Yevropa davlatlari singari Moldova, Gruziya va Ukraina ham Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi mumkin. Shu paytgacha sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlaridan Latviya, Litva va Estoniya Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!