Gollivud Xitoyda COVID-19 tarqalishining dastlabki haftalari haqida film suratga olmoqchi

Gollivud Xitoyda COVID-19 tarqalishining dastlabki haftalari haqida film suratga olmoqchi

Gollivudning “SK Global Entertainment” kompaniyasi Xitoyda koronavirus tarqalishining dastlabki haftalari hamda noma’lum virusga duch kelgan shifokorlar haqida hikoya qiluvchi yangi film ustida ish boshladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, kinorejissyorlar filmni Xitoyda 2021 yil boshida suratga olishni boshlashga umid qilishmoqda, ammo buning uchun avvalambor, hukumatning ruxsati talab etiladi.

Filmni suratga olish uchun qancha mablag‘ sarflash rejalashtirilgani esa noma’lum.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!