Germaniyada qozog‘istonlik sobiq sudya o‘ldirildi

Germaniyada qozog‘istonlik sobiq sudya o‘ldirildi

Qozog‘istonning Ostona shahri Sariarqa tumanida sudya bo‘lib ishlagan 40 yoshli Oygul Sayliboyevaning jasadi Germaniyada topildi. Bu haqda Bild xabar berdi.

“Ayol eri, qizi va qaynonasi bilan Germaniyaning g‘arbiy qismidagi Benshaym shahrida yashagan. Sayliboyeva 4 iyun kuni ertalab qizini bog‘chaga olib ketgan. O‘shandan keyin uni hech kim ko‘rmagan. Yakshanba kuni uning jasadi shahar chetidagi Erlax kareridan topilgan”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, jasad plastik qopda bo‘lgan va ayol o‘limidan oldin zo‘ravonlikka uchragan. Qotillikni tergov qilishda 35 nafar tergovchi ishlamoqda. Ayolning uyi tintuv qilingan.

Sayliboyeva bilan bir vaqtda uning 49 yoshli qaynonasi Natalya Donsova ham g‘oyib bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, ayol 4 iyun kuni nevarasini bog‘chadan olib, uyiga olib kelgan. O‘shandan keyin ayolni ko‘rishmagan. Bild xabariga ko‘ra, bolaning o‘zi xavfsiz va yaqinlari qaramog‘iga topshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!