G‘azodagi sog‘liqni saqlash markazlariga 350 marta hujum qilingan

G‘azodagi sog‘liqni saqlash markazlariga 350 marta hujum qilingan

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti G‘azoga qarshi davom etayotgan urush kasalxonalar, tibbiy xodimlar va shifoxonalardan boshpana topganlarni ayamaganini aytib, Isroil tomonidan amalga oshirilgan 350 dan ortiq hujum hujjatlashtirilganini ta’kidladi.

JSST vakili Toriq Yasarevich so‘zlariga ko‘ra, uch oydan beri davom etayotgan sog‘liqni saqlash muassasalari, tibbiyot majmualari va kasalxonalarni nishonga olgan hujumi natijasida 645 falastinlik shahid bo‘ldi, 818 nafari yaralandi.

Shu nuqtai nazardan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi G‘azo janubida joylashgan Xon-Yunisdagi Nosir tibbiyot majmuasi yaqinida snayper otishmasi davom etayotgani haqida xabar borligini ta’kidladi. Oqibatda bir hamshira jarrohlik xonasida shahid bo‘lgan, yana biri og‘ir yaralangani haqida ma’lumot taqdim etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!