G‘azoda qirg‘in boshlanganiga 245 kun bo‘ldi

G‘azoda qirg‘in boshlanganiga 245 kun bo‘ldi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 245 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

Bosqinchilar Nuseyrat va Magazi, Rafah, Xon Yunis va Dayr al-Balah lagerlariga hujum qildi. Bir kunda 70 kishi halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon 36564 kishi shahid bo‘ldi.

▪️Bosqinchilar G‘azo munisipaliteti binosini portlatib yubordilar, u yerda Nuseyrat lageri meri Iyad al-Mugariy halok bo‘ldi.

▪️G‘arbiy Sohilda bosqinchilar Quddus, Ramallah va Nablusga hujum qilmoqda. Bir kunda 3 nafar falastinlik shahid bo‘ldi, 13 nafari yaralandi.

▪️Al-Qassam brigadalari Kerem Shalom nazorat-o‘tkazish punktining ishg‘ol shtabiga hujum qildi, Rafah va Dayr al-Balohda 4 ta Merkava tankini yo‘q qildi, shuningdek, Rafah janubidagi binoda o‘tirgan bir guruh bosqinchilarni yo‘q qildi.

▪️Chegara bilmas shifokorlar: Dayr al-Balahdagi Al-Aqso kasalxonasi G‘azoning nishonga olingan markaziy qismiga Isroilning bir necha kun davom etgan tinimsiz hujumlaridan so‘ng yaradorlar va halok bo‘lganlar bilan to‘lib ketgan kemadir.

▪️Accosiated Press: Isroil AQShning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga olib keladigan BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyasini qabul qilishga urinishiga alohida e’tiroz bildirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!