G‘azo sektorida poliomiyelitga qarshi emlash uchun bir qator «gumanitar pauzalar» e’lon qilindi

G‘azo sektorida poliomiyelitga qarshi emlash uchun bir qator «gumanitar pauzalar» e’lon qilindi



Bir hafta oldin Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti G‘azo sektorida so‘nggi 25 yil ichida birinchi poliomiyelit holatini tasdiqlagan edi. 10 oylik bola qisman falaj bo‘lgan.

Emlash 10 yoshgacha bo‘lgan 640 000 dan ortiq bolalarni qamrab olishi kerak. JSST bosh direktori o‘rinbosari Maykl Rayan G‘azo sektoriga og‘iz orqali yuboriladigan vaksinaning 1,26 millionga yaqin dozasi yetkazildi. Yana 400 mingga yaqin dozani olib kelish rejalashtirilgan.

Poliomiyelit o‘ta yuqumli, davolab bo‘lmaydigan virusli kasallikdir. Qaytarib bo‘lmaydigan falaj har 200 kasallangan odamdan birida rivojlanadi va 5-10% hollarda o‘limga olib keladi. Dunyoning aksariyat mamlakatlarida emlash tufayli poliomiyelit yo‘q qilindi.

An’anaga ko‘ra, o‘ta yuqumli kasallikka qarshi emlash uch dozada, birinchi ikki doza o‘rtasida bir oydan ikki oygacha, uchinchi doza esa taxminan olti oydan 12 oygacha amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!