“G‘am Instagram'da emas, qalbda bo‘lishi kerak.” Alla Pugachyova Moskvadagi terakt haqida

“G‘am Instagram'da emas, qalbda bo‘lishi kerak.” Alla Pugachyova Moskvadagi terakt haqida

Bugun, 28 mart kuni rus primadonnasi, qo‘shiqchi Alla Pugachyova Moskva yaqinidagi "Krokus" konsert zalida sodir etilgan terakt haqida fikr bildirdi. Bu haqda u o‘z Instagram sahifasiga post joyladi.

Pugachyova kinoya aralash: “G‘am Instagram'da emas, qalbda bo‘lishi kerak, omin”, deb yozgan.

Ma’lumot uchun, Bir kun avval Pugachyova asli tojikistonlik xonanda Manijaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga qoldirgan izohi tufayli tanqid qilingan edi. U Manijaning "Krokus"dagi terakt munosabati bilan yozilgan videomurojaati ostida "Kechir", deb yozgandi.

Eslatib o‘tamiz, Manija Moskvadagi teraktdan so‘z ochib, kaltak markaziy osiyoliklar boshida sinayotganligidan xavotir bildirgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!