G‘alayonda aybdor deb topilgan 6 nafar prokuror ishdan olindi

G‘alayonda aybdor deb topilgan 6 nafar prokuror ishdan olindi

7 dekabr kuni Tojikiston Bosh prokurori 7 noyabrdagi Xo‘jandda qattiq rejimli 3/3 raqamli koloniyada yuz bergan g‘alayon bo‘yicha aybdor deb topilgan So‘g‘d viloyat prokuraturasining 6 nafar mas’ul xodimini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda "turon24" xabar berdi.

So‘g‘d viloyat prokuraturasidan ismi oshkor etilishini istamagan shaxsning ma’lum qilishicha, prokurorlar ishiga sovuqqonlik bilan yondoshgani sabab Bosh prokuror buyrug‘i bilan ishdan bo‘shatilgan, ammo ularga nisbatan jinoiy ish ochilish-ochilmasligi aniq emas.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyatdagi jazoni ijro etish muassasasi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokuror Zavqibek Sharifzoda va uning o‘rinbosari Ma’mur A’zamzoda, viloyat prokuraturasi jazoni ijro etish muassasalari ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i va shu bo‘limning uch nafar xodimi ishdan bo‘shatilgan.

"Qattiq rejimli koloniyada yuz bergan isyon tergov qilinishi jarayonida prokuratura xodimlari mahbuslarga sovuqqonlik bilan muomala qilgani aniqlandi", deydi xabar beruvchi shaxs.

Ayni paytda Xo‘janddagi qattiq rejimli koloniyadagi isyon sabablarini Tojikiston Bosh prokuraturasi o‘rganmoqda. 

Noyabr oyining oxirlarida koloniyaning isyonda ishtirok etgan o‘ndan ortiq mahbusiga nisbatan yangi jinoiy ishlar ochildi. Shuningdek, 7 nafar jazoni ijro etish muassasasi xodimlariga nisbatan ham jinoiy ish ochilib, ular hibsga olindi. Ular orasida qamoqxona boshlig‘i Fayzullo Safarzoda ham bor.

Tojikiston Hukumatining rasman e’lon qilgan ma’lumotiga ko‘ra, isyon paytida 2 nafar qamoqxona xodimi va 21 nafar mahbus halok bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!