Fumio Kisida Yaponiya bosh vaziri etib saylandi

Fumio Kisida Yaponiya bosh vaziri etib saylandi

Fimio Kisida Yaponiyaning yangi bosh vaziri etib saylandi. U bu lavozimni egallagan yuzinchi siyosatchi bo‘ldi. Bundan 4 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan mamlakat hukumatining navbatdan tashqari majlisidagi ovoz berish natijalari darak bermoqda.
Uning nomzodini 448 nafar parlamentariylardan 311 nafari qo‘llab-quvvatlagan. 124 kishi Yaponiyaning Konstitusiyaviy-demokratik partiyasi yetakchi Yukio Edanoga ovoz bergan.
Saylovlarga bir necha soat qolganda Yosixide Sugi tomonidan shakllantirgan hukumat to‘liq iste’foga chiqdi.
Fumio Kisida 29 sentyabr kuni Liberal-demokratik partiya ichida kechgan kurashda g‘olib bo‘lgandi. Bunga qadar u 2012-2017 yillarda Sindzo Abe hukumatida tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!