Fransiya va Qatar rahbarlari Mbappeni "PSJ"da qolishga ko‘ndirishmaydi

Fransiya va Qatar rahbarlari Mbappeni "PSJ"da qolishga ko‘ndirishmaydi

Fransiya va Qatar rahbarlari Kilian Mbappeni "PSJ"da qolishga ko‘ndirishmaydi.

Xabar qilinishicha, Emmanuel Makron Mbappe va "PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfini Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Tanini kutib olish uchun ovqatga taklif qilgan. Tadbir bugun kechqurun Yelisey saroyida bo‘lib o‘tadi va "PSJ"ning boshqa futbolchilari ham tashrif buyurishi mumkin.

RMC Sport nashri xabariga ko‘ra, qabul paytida Makron va Al Tani Mbappeni "PSJ" bilan shartnomasini uzaytirishga ko‘ndirishni rejalashtirmayapti. Klub Kilianning mavsum oxirida ketish haqidagi qarorini qabul qiladi.

Avvalroq Al-Xelayfiy Fransiya prezidenti va Qatar amiri o‘rtasidagi G‘azo sektoridagi sulh bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishi ma’lum bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!