Fransiya — “sariq nimchalilar”: Norozilik namoyishidan kelishuvgacha

Fransiya — “sariq nimchalilar”: Norozilik namoyishidan kelishuvgacha

Parijda 8 dekabr holatiga ko‘ra, hibsga olingan namoyishchilar soni 1,5 ming nafardan oshgan.
Bu xaqda euronews xabar tarqatmoqda.

Mamlakatning yirik shaharlari bo‘ylab 30 mingga yaqin aholi “sariq nimchalilar” harakati ostida norozilik namoyishlarida ishtirok etgan.

Harakatning eng faol markazi mamlakat poytaxti Parij bo‘lib, 8 mingdan ortiq kishi norozilik namoyishlarida qatnashgani kuzatilgan.

Fransiya ichki ishlar vaziri Kristof Kastanerning qayd etishicha, huquq-tartibot ishlarida polisiyaning faol harakati tufayli mamlakatda o‘tgan hafta kuzatilgan tartibsizliklarni pasaytirishga erishilgan.

“Norozilik namoyishlarining kuchayishi to‘xtatildi. Namoyishchilarning ko‘pchiligi hibsga olindi. Lekin bu ─ norozilik harakatlari butkul bartaraf etildi degani emas”, deydi ichki ishlar vaziri.

Ushbu harakat aholining hukumat siyosiy boshqaruvidan kuchli noroziligini ko‘rsatmoqda.

Mamlakat Bosh vaziri Eduard Filipp namoyishchilarga hukumat va aholi o‘rtasida milliy muloqotni boshlash taklifi bilan murojaat etdi.

“Biz muloqot va birgalikdagi muhokamalar bilan mamlakatda milliy birlikni tiklashimiz kerak” , deydi Bosh vazir.
Shuningdek, Eduard Filipp nutqida mamlakat Prezidenti namoyishchilar bilan kelishuv muloqotini amalga oshirishini ma’lum qilgan.

Mamlakat IIVning ma’lumotlariga ko‘ra, 8 dekabr kuni mamlakatda bo‘lib o‘tgan namoyishlarni bartaraf etish jarayonlarida 135 ga yaqin kishi jabrlangan. Ular orasida namoyishchilar, jurnalistlar va polisiya xodimlari bor.

Manba: uza. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!