Farg‘onada xonadonda sher boqilayotgani ma’lum bo‘ldi (+foto)

Farg‘onada xonadonda sher boqilayotgani ma’lum bo‘ldi (+foto)

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda "Sherni uyda boqish mumkinmi?" nomi bilan tarqalgan videolavhadagi holat Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Bioxilmaxillik bo‘limi xodimlari tomonidan nazoratga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Farg‘onada xonadonda sher boqilayotgani ma’lum bo‘ldi (+foto)

Lavhada keltirilgan mashina raqamlariga asosan mazkur holat Qo‘qon shahridagi "Achchiqko‘l" MFYning Gulshan  ko‘chasida tasvirga olingani aniqlandi. Qo‘qon shahar ekologiya inspeksiyasi davlat inspektorlari Qo‘qon shahar IIB xodimi va "Achchiqko‘l" maxalla fuqarolar yig‘ini raisi I.Nazarovlar bilan mahallaning  Gulshan ko‘chasi,  16-uyga borishib, xonadon egasi A.Ibragimova ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.    

Farg‘onada xonadonda sher boqilayotgani ma’lum bo‘ldi (+foto)

O‘rganish davomida fuqaro A.Ibragimovning yashash xonadonida  10 metr kvadrat maydonda sher hayvonini boqish uchun belgilangan tartibda yashash qafaslari mavjudligi,  qafasning balandligi 2.5-3.5 metr bo‘lib, ichlari  talab darajasida jihozlangani, sherning yashash joyi kanalizasiya tarmog‘iga ulanganligi, shuningdek atrof-muhitga ta’siri yo‘qligi, insonlar xayotiga xavf solish holati mavjud emasligi aniqlandi.  

Farg‘onada xonadonda sher boqilayotgani ma’lum bo‘ldi (+foto)

Xonadonga kelib hayvonlarni saqlash tartibi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlar taqdim etishi so‘ralganda, uy egasi A.Ibragimov videolavhada sherni ushlab turgan farzandi ekanligini va  hozirda Toshkent shahridaligini, 3 kun muddat ichida  so‘ralgan hujjatlarni tegishli tashkilotlarga taqdim etishini bildirdi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!