Farg‘onada institut xodimi kelinining o‘qishini "perevod" qilish uchun qaynotadan pora talab qildi

Farg‘onada institut xodimi kelinining o‘qishini "perevod" qilish uchun qaynotadan pora talab qildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona politexnika instituti o‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i M.A. fuqaro N.K.ning mazkur institutning 1-kursida “Qurilish” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan kelinining o‘qishini vazirlikda ishlovchi tanishlari orqali “Iqtisodiyot” yo‘nalishiga ko‘chirib berish evaziga 3.000 AQSh dollari talab qilib, shundan, 1.500 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!