Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining narxi qanchaligi aytildi

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining narxi qanchaligi aytildi

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi xorijiy investorlarga sotiladi. Kompaniyaning ustav kapitalidagi O‘zbekneftgaz ning ulushi keyinchalik Indoneziyaning PT Trans Asia Resources kompaniyasiga sotish uchun Davlat aktivlarini boshqarish bo‘yicha agentlikka topshirilgan.

Endilikda korxona to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish yo‘li bilan modernizasiya qilish va qayta tiklash bo‘yicha investisiya loyihasi doirasida sotilishi ma’lum bo‘lgan.

Investor quvvatlardan foydalanishni ta’minlash bilan qayta ishlash zavodiga egalik qilish, modernizasiya qilish va undan foydalanish uchun yetakchi xalqaro kompaniyalar konsorsiumini tashkil etish niyatida.

PT Trans Asia Resources zavodining 100 foizini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan asosiy shartlarga muvofiq 16 mln dollar dastlabki to‘lov evaziga oladi.

Zavod yangi egasiga o‘tgandan keyin 14 oy ichida ulardan eski egasining qarzlarini to‘lashi talab qilinmaydi.

Zavodning imtiyozlari va subsidiyalari, barcha lisenziyalari va boshqa ruxsatnomalari amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi.

Bundan tashqari, 2021 yilning 1 apreliga qadar o‘z ehtiyojlari uchun import qilinadigan va ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, mashinalar, butlovchi va ehtiyot qismlar, qurilish materiallari va boshqalar bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!