Evropa Ittifoqi kirish huquqiga ega mamlakatlar ro‘yxatini kengaytirdi

Evropa Ittifoqi kirish huquqiga ega mamlakatlar ro‘yxatini kengaytirdi

Evropa Ittifoqi Kengashi ittifoq davlatlariga koronavirus tarqalishi bo‘yicha epidemiologik vaziyat yaxshilanganligi sababli tashqi chegaralarni ochish tavsiya etilayotgan uchinchi mamlakatlar ro‘yxatini kengaytirdi. Unga Yaponiya qo‘shildi, deyiladi Kengash bayonotida.

Rossiya va AQSh hali ushbu ro‘yxatga kiritilmagan. Hozir hujjatda sakkiz mamlakat bo‘lib, ularga chegaralarni ochishda o‘zaro kelishuv tasdiqlanishi sharti bilan Yevropa Ittifoqiga kirishga ruxsat berilgan. Bular Avstraliya, Isroil, Yangi Zelandiya, Ruanda, Singapur, Janubiy Koreya, Tailand va Xitoy.

"Evropa Ittifoqi vaqtinchalik sayohat cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha tavsiyalarga muvofiq baholagach, Yaponiyani qo‘shib, ushbu cheklovlar olib tashlanishi kerak bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatini yangiladi", deyiladi Yevropa Ittifoqi Kengashi bayonotida.

O‘tgan yilning 30 iyunida Yevropa Ittifoqi Kengashi 1 iyuldan boshlab chegaralari ochilishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatini tuzib, Yevropa Ittifoqiga nomajburiy bo‘lgan sayohat cheklovlarini bosqichma-bosqich olib tashlash bo‘yicha tavsiya qabul qildi. Dastlab uning tarkibiga 15 ta mamlakat kirgan edi, ammo keyinchalik Yevropa hukumati tavsiya etilgan ayrim mamlakatlarda epidemiologik vaziyat yomonlashganini hisobga olgan holda ro‘yxatni sezilarli darajada qisqartirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!