Evropa Ittifoqi ham Putinga qarshi chiqdi

Evropa Ittifoqi ham Putinga qarshi chiqdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya rahbari Vladimir Putinni tanqid qilgach, Yevropa Ittifoqi Rossiyadagi qotilliklar uchun Putin javob berishi kerakligini bildirdi.

“Afsuski, Rossiyada bo‘layotganlarni tanqid qilganlarni o‘ldirish bo‘yicha uddalangan va uddalanmagan qotilliklarning uzun ro‘yxati mavjud, bu kishilar orasida siyosatchilar va jurnalistlar bor”, – dedi Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha vakili Jozep Borrelning matbuot kotibi.

Uning ta’kidlashicha, ko‘plab jinoyatlar yopiqligicha qolib ketyapti, jinoyatchilar javobgarlikka tortilmayapti, Putin esa Rossiya prezidenti sifatida davlat organlarining harakatlari va davlat siyosati uchun mas’uldir.

2018 yilda Skripallarning va 2020 yilda Navalniyning zaharlanishi munosabati bilan Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan sanksiya qo‘llagan.

Prezident Jo Bayden 17 mart kuni ABC telekanaliga bergan intervyusida Vladimir Putinni qotil deb o‘ylashini aytgan edi. Putin esa bunga javoban “kim nima desa, o‘zi o‘shanaqa” ekanligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!