Estoniya dalalarida tonnalab qulupnay chirib ketdi. Sababi...

Estoniya dalalarida tonnalab qulupnay chirib ketdi. Sababi...

Estoniyada o‘nlab tonna qulupnay karantindagi cheklovlar bois qulupnay teradigan hech kim yo‘qligi sababli dalalarda chirib ketdi.

 Bu haqda Estoniyaning “Delfi” nashri yozmoqda.

Estoniya qulupnay ishlab chiqaruvchilar uyushmasi a’zosi Elke Lillemetsning so‘zlariga ko‘ra, hukumat vakili ular bilan allaqachon bog‘langan va yetkazilgan zararni qoplash mumkinligi to‘g‘risida so‘ragan.

Tadbirkorlar esa mustaqil maslahatchining yordami bilan zarar miqdorini hisoblab chiqishni rejalashtirishmoqda.

Ammo hozirning o‘zidayoq ko‘plab tadbirkorlar bankrotlik to‘g‘risida e’lon qilishni o‘ylashmoqda.

Moliya vaziri Martin Xelme esa hukumat hamma narsani to‘g‘ri bajarganini va o‘z vaqtida ishchilarni ish jarayoniga qaytarmagani uchun qulupnay ishlab chiqaruvchilardan uzr so‘ramasligini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!