Erondagi strategik ob’ektlarda qator portlashlar sodir bo‘ldi

Erondagi strategik ob’ektlarda qator portlashlar sodir bo‘ldi

Isfaxon shahrida o‘q-dorilar ishlab chiqaruvchi zavodda portlash haqida xabar berilmoqda. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, portlash dron hujumi natijasida sodir bo‘lgan. Ma’lumki, Isfahonda "Shohid" dronlari, shuningdek, eksperimental yadroviy reaktor va yadro yoqilg‘isini ishlab chiqarish uchun infratuzilma joylashgan.

Tabrizda ham qurol ishlab chiqaruvchi zavod yonganligi haqida xabar berildi.

Bundan tashqari, Ozarshahrdagi neftni qayta ishlash zavodida katta yong‘in boshlangan.

Shuningdek, OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Eronda raketa zarbalari berilgan ob’ektlar:

— "Islom inqilobi qo‘riqchilari" shtab-kvartirasi;
— Al Quds IIQ maxsus kuchlari bazasi;
— O‘q-dorilar va dronlar ishlab chiqarish markazi;
— Neftni qayta ishlash zavodi;
— Qurol zavodi;
— Hamadon harbiy bazasi;
— Kerejdagi harbiy baza.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!